Unga köra, 1 apreldan boşlab töyxonalarda oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni ötkazişda kasallik tarqalişining oldini oliş maqsadida sanitariya-epidemiologik nazoratni kuçaytiriş va taşrif buyuruvçilar sonini 100 kişidan köp bölmagan holda ötkaziş talab etiladi.

SSV matbuot xizmati xabar berişiça, 1 apreldan boşlab, teatr, kino (kinoteatr) va konsert-tomoşa dasturlarini taşkil etişda:

  • tomoşa dasturlari ötkaziladigan saroylarga taşrif buyuruvçi tomoşabinlar hamda xizmat körsatuvçi xodimlarning qat'iy niqobda bölişlarini ta'minlaş;
  • tomoşa dasturlari ötkaziladigan saroylarning tomoşabin siğimini inobatga olgan holda tomoşabinlar sonini 50 foizdan oşirmaslik;
  • tomoşa dasturlari ötkaziladigan saroylarning tomoşabin örindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilişini ta'minlaş;
  • tomoşa dasturlariga taşrif buyuruvçilarning tana harorati nazoratini örnatiş hamda tana harorati kötarilgan şaxslarni dasturga qöymaslik;
  • tomoşa dasturlari ötkaziladigan saroylarda savdo şoxobçalari faoliyatini töxtatiş (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno);
  • tomoşa dasturlari böyiça tarqatilayotgan (sotilayotgan) çiptalarga «Fakat soğlom bölsangizgina taşrif buyuring» yozuvini yoziş orqali aholini ogohlikka çaqiriş va boşqa tomoşabinlarga kasallik yuqib kolişining oldini oliş çoralarini köriş;
  • tomoşa dasturlari ötkaziladigan saroylarning kiriş qismida tomoşabinlarning binoga tartibli kirişlarini ta'minlaş maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kiriş va çiqiş yölaklarini örnatiş tartibi belgilandi.

Tomoşa dasturlari ötkaziladigan saroylarda karantin qoidalariga rioya qilinişini ta'minlaş böyiça mas'uliyat taşkilotçilar zimmasiga yuklatiladi.

Soğliqni saqlaş vazirligi aholidan ayrim xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan koronavirus bilan boğliq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, bunday holatlar Özbekistonda ham qaytarilmasligi hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning faoliyatini tizimli taşkil etiş uçun şaxsiy mas'uliyatni oşirişni söradi.