O‘zbekistonda aholini koronavirusdan emlash aprel oyidan boshlanadi
O‘zbekistonda aholini umumiy emlash jarayoni 2021 yilning aprel oyidan boshlanadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 2-sonli yuqumli kasalliklar maxsus shifoxona direktori Doniyor Mirazimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aholi qaysi vaksinalar bilan emlanishiga oydinlik kiritdi.
“Respublikamizda keng qamrovli vaksinatsiya jarayoni aprel oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda yurtimizda kasallanish holatlari ortgan. Ammo vahimaga tushishga asos yo‘q.
Dunyo tajribasiga qarasak, pandemiyani to‘xtatadigan ikkita yo‘l bor: birinchisi - qat'iy karantin joriy qilish. Hozirgi iqtisodiy va psixologik holatimiz bunga to‘g‘ri kelmaydi. Ikkinchisi - immunizatsiya, ya'ni aholini emlash. Odamlar ilgari koronavirusdan qo‘rqqan bo‘lsa, hozir vaksinadan qo‘rqib qolishgan. Bunga asos yo‘q. Ilgaridan aholimiz 18ta vaksina bilan emlangan”, deydi Doniyor Mirazimov.

Uning ta'kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta'siri haqida turli gap-so‘zlar aholida noo‘rin fikrlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. 18 mart kuni Yevropa dori vositalari agentligining oxirgi xulosasida aytilishicha, bu nojo‘ya ta'sirlar vaksina bilan bog‘liq emasligi ma'lum bo‘lgan.
Emlashni boshlash uchun hozir yurtimizda 660 ming dozada AstraZeneca vaksinasi mavjud. 26 mart kuni Xitoydan O‘zbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC vaksinasi ham 1 mln dozada olib kelinadi. Shundan so‘ng emlash ishlari boshlanadi.
Men shifokor sifatida aytishim mumkinki, eng katta umidimiz mana shu O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC vaksinasidan”, deya qayd etdi u.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Medinskiy Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardagi vazifani aytdi
Jahon | 14:09
-
Germaniya davlat budjeti 2029 yilgacha milliardlab yevroni yo‘qotadi
Jahon | 14:07
-
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
Jahon | 14:05
-
Rubio: Faqat Tramp-Putin uchrashuvi natija beradi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

14:19 / 07.02.2023
Neyroxirurgiya markaziga yangi direktor tayinlandi

10:02 / 31.01.2023