“Qozoğiston epidemiologik vaziyat sababli Turkiy kengaş sammitini videoanjuman şaklida ötkazişga qaror qildi. Kengaş kotibiyati bu haqda rasman xabardor qilindi”, deb ma'lum qilgan Qozoğiston taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.
Avvalroq sammitda kengaşga a'zo davlatlar – Özbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston rahbarlari va taşkilotda kuzatuvçi davlat maqomiga ega bölgan Vengriya boş vaziri iştirok etişi ma'lum qilingandi.
Sammit yakunida Turkiston şahri turk olamining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilinişi haqidagi deklaratsiya imzolanişi kutilmoqda.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi 2009 yil 3 oktyabrda tuzilgan. Hozirda Özbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston va Qirğiziston uşbu kengaş a'zolari hisoblanadi. Vengriya taşkilotda kuzatuvçi maqomiga ega.












