Bugun, 25 mart kuni Qirğiziston boş vaziri Uluğbek Maripov boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Toşkentda Özbekiston va Qirğiziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik böyiça qöşma komissiyaning 9-yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan.
Qirğiziston delegatsiya tarkibiga mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari kiritilgan. Mehmonlar Toşkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda bölib, işlab çiqariş jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanişadi.
Avvalroq, Özbekiston va Qirğiziston «Qambarota GES-1» loyihasini birgalikda amalga oşirişi xabar qilingandi.
Joriy yilning 11-12 mart kunlari Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, jumladan Qirğiziston hududida «Qambarota GES-1» investitsiya loyihasini birgalikda amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.












