Prezident Şavkat Mirziyoyev «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari böyiça videoselektor yiğilişida bu yil uzoq yillar davomida töplanib qolgan elektr va gaz tarmoqlaridagi muammolar yeçimi böyiça juda katta mablağ ajratilganini ma'lum qildi.

Yiğilişda Energetika vaziri Alişer Sultonov amalga oşirilgan işlar va kelgusi rejalar haqida ma'lumot bergan.

«25 yil davomida, ya'ni 2016 yilgaça 9300 km elektr tarmoqlari tortilgan, 4800 ta transformator örnatilgan. Oxirgi 4 yilda 25 ming km tarmoq tortilgan, 8900 ta yangi transformator örnatilgan. Lekin baribir modernizatsiyani yanada jadallaştirişimiz kerak.

Endi mahallalarda yangi transformator örnatadigan bölsak, uni topşiriş jarayonida mahalla raislari ham iştirok etadi va ma'lum mas'uliyatni zimmasiga oladi. Joriy yilda 5377 ta mahallada 15 ming kilometrdan ortiq tarmoq tortiladi va 4 mingdan ortiq transformatorlar örnatiladi. Şu yilning özida elektr tarmoqlariga umumiy hisobda 430 mln dollar pul ajratiladi va bunday mablağ sohaga tarixda berilmagan. Şuningdek, 1 mlrd dollarlik DXŞ asosidagi investitsiya kirib kelyapti», degan vazir.

Prezident vazirga yil yakunigaça elektr energiyasi va gaz böyiça qanday özgarişlar bölişi borasida savol bergan. Alişer Sultonov bunga javoban qöşni davlatlar bilan oldin işlagan yaxlit tizimni ham tiklanişini ma'lum qilgan.

«Oldingidek kuz yoki qiş degan mavsumlar bölmayapti. Çunki yoz oylarida ham işlatilayotgan sovitiş tizimi hisobiga issiq davrda ham «pik» bölyapti. Ajratilayotgan mablağlar hisobiga bu yildan boşlab zarur talabni qondira oladigan bölamiz. Buning uçun qöşni davlatlar bilan oldin işlagan yaxlit tizimni ham tiklayapmiz.

Gaz böyiça 678 ta mahalla gaz ta'minoti yaxşilanadi. Umuman, ta'minotni yaxşilaş uçun 400 mlrd söm mablağ ajratilgan. Bundan taşqari, magistrallarni ta'mirlaşning öziga şu yilda 617 mln dollar yönaltiriladi. Bu şimoldan markazga gaz yetkazişni osonlaştiradi, vodiy ta'minoti yaxşilanadi.

455 km quvur tortişimiz kerak. Bu quvurlarning ayrimlari 1958 yilda tortilgan, ularning qalinligi 12 mm bölişi kerak bölsa, 1,5-2 mm.ga qadar yupqalaşib qolgan. Bosimni oşiramiz desak yorilib ketadi», dedi vazir.

Prezident mavzu yuzasidan şunday qöşimça qildi: «Köpçilik öylaşi mumkin, nega şu işlar 4 yil avval qilinmagan deb. Buni öşa payt qila olmasdik, çunki gaz, elektr tizimining hisob-kitobi yöq edi. Hozirgi elektron hisoblaş tizimini yölga qöyganimiz hisobiga barçasini yölga qöyib oldik. Öşa 455 km quvurni almaştiramiz, bunda ham investorlarni jalb qilamiz. Bu masala ham juda muhim. Svet, gazi bölmasa qanday qilib «Obod mahalla» yoki «Obod qişloq» bölişi mumkin?»