2020 yilning noyabr-dekabr hamda joriy yilning yanvar-fevral oylarida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Rossiyada quriliş sohasida işlaşni istaganlar uçun tanlov e'lon qilindi. Unda «PIK Industriya» AJ, «Texstroy» va «Ant Yapi», «StroyKraft» quriliş korxonalari iş berişi ma'lum qilingandi.
Şundan söng, bosqiçma-bosqiç tanlovlar ötkazilib, özbekistonlik mehnat muhojirlari navbat bilan Rossiyaga yöl ola boşladi. Xullas, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida özbek mehnat migrantlarining Rossiyaga işga ketayotganligi haqidagi xabarlar peşma-peş yoritildi.
Biroq, biroz vaqt ötgaç, Rossiyaga kirib borgan mehnat migrantlaridan Kun.uz’ga şikoyatlar kela boşladi. Bu borada xorij OAVlari ham migrantlar duç kelayotgan masalalarga doir xabarlar tarqatdi. Xususan, BBC özbek xizmati bu haqda ikki bor xabar bergan bölsa, Youtube tarmoğidagi Aleksandr Kim kanalida migrantlar huquqi böyiça yurist Valentina Çupikning özbekistonliklar bilan uçraşuvi 2 qismda e'lon qilindi.

Dastlab, «PIK Industriya» AJ, «Texstroy» kabi quriliş korxonalarining mehnat migrantlariga takliflari qanday bölganiga töxtalsak.
Tahririyatga kelib tuşgan hujjatlarda ta'kidlanişiça, «PIK Industriya» AJ özbekistonlik mehnat migrantlariga 8 soatdan haftasiga 5 kunlik iş kuni tartibiga 60-100 ming rubl miqdorida iş haqi va'da qilgan bölsa, «Texstroy» mutaxassisliklarga qarab, 60-110 ming rublgaça iş haqi berilişini bildirgan.
Biz bilan boğlangan mehnat migrantlarining barçasi bu gaplar faqat oğzaki aytilganini, tanişiş uçun berilgan ayrim qoğozlar imzo qöydirib olingaç, Özbekistonning özidayoq qaytarib olinganini aytişdi.
Biz «PIK Industriya» vakili bilan Telegram sahifasi orqali boğlanişga harakat qilib kördik, biroq uşbu korxonada işlaşini ta'kidlagan xodim savollarimizni javobsiz qoldirdi.
Xöş, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Rossiyaga yuborilgan vatandoşlar nimadan norozi özi?
Tahririyatga yuborilgan lavhalar va audioxabarlarda karantin vaqtidagi yaşaş şaroitlarining yomon ekanligi, xodimlar manfaatlariga zid bölgan mehnat şartnomalari tuzilayotganini ta'kidlaşdi. Ayrimlari 3 oy mobaynida işga jalb qilinmaganliklarini aytişdi. Şuningdek, ba'zi puli yöq muhojirlar 28 ming rublgaça bankdan kredit olişga majburlanganligi aytiladi. Patent olgandan söng, iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini buza olmasliklari, aks holda vatanga deport qilinişi haqida ogohlantirişlar berilgani xususida söz borgan.

















