Baliqçi tumanidagi “N.” fermer xöjaligi rahbari X.R. F.T.ning işonçiga kirib, unga fermer xöjaligiga tegişli sabzavotçilikka ixtisoslaşgan yer maydonining 6 gektarini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali boğdorçilik yönalişi böyiça hujjatlarni rasmiylaştirib berişni va'da qilgan.

Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining xabar berişiça, yer maydoni evaziga 18 ming AQŞ dollari talab qilgan. 

Tezkor tadbir davomida X.R. 18 ming AQŞ dollari hisobidan 189 mln. sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda yoş tadbirkor yer oliş uçun hokim örinbosariga 2 ming dollar berganini aytganligi va bunga tuman hokimining bildirgan munosabatiga oid video tarqalgan edi.