«Özgidromet» xabariga köra, Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida böladi.
27 martda respublika hududlarida ba'zi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq böladi, şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati keçasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq böladi.
28 martda Özbekistonning şimoliy hududlariga, 29 martda respublikaning barça hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Respublika böyiça yomğir yoğadi, toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik böladi, ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. 28 martda yomğir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi.
28-29 martda Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida, 29 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. 29 martda havo harorati 6-11 daraja iliqqaça pasayadi.
Özbekistonning toğli hududlarida qor köçişi xavfi saqlanib turadi.












