Xayrullo Bozorov Uçköprik tumanida bölib, “Boboşbek” MFYda barpo etiladigan yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş kompleksidan örin olişi rejalaştirilayotgan oilaviy işlab çiqariş loyihalari bilan tanişdi.

Ma'lum qilinişiça, uy şaroitida yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqarayotgan 535 ta oilani birlaştiradigan uşbu umumiy işlab çiqariş va savdo kompleksi 13,6 gektar yer maydonida qad rostlaydi.

Tumanning “Boboşbek” MFYda 252 ta, “Bekmurod” MFYda 57 ta, “Ziğir” MFYda 114 ta, “Paloxon” MFYda 52 ta, “Yakkamulla” MFYda 60 ta xonadonda fuqarolar tomonidan yengil sanoat mahsulotlari (tikuvçilik va trikotaj) işlab çiqarilayotgan bölib, mazkur tadbirkorlik sub'yektlarida 3287 ta aholi vakillari mehnat qilmoqda.

13,6 gektar yer maydonda kompleks işga tuşgudek bölsa,  qöşimça 7580 ta iş örni yaratilişi ma'lum qilindi.