Jamiyat | 13:44 / 27.03.2021
23343
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistonda metan «zapravka»da turgan «Damas»ning gaz balloni portlab ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Bugun ertalab Guliston shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida turgan «Damas» avtomashinasining gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 mart kuni soat 08:30lar atrofida, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, «Bog‘ishamol» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida to‘xtab turgan, fuqaro N.Q.ga tegishli bo‘lgan «Damas» avtomashinasining gaz balloni portlab ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. «Damas»ga esa jiddiy zarar yetgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda hamda portlash sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid