Bino qançalik yuqoriga qarab kötarilib borgani sari, quriliş bosqiçlari şunçalik qiziqarli tus oladi. 2020 yil iyun oyida Nest One köp funksional majmuasining asosiy binosi – 51 qavatli turar joy majmuasining poydevoriga asos solindi va bugunga kelib u qanday tarzda 18 ta qavatga yuqoriga kötarilganini kuzatişingiz mumkin. Mamlakatdagi birinçi osmonöpar bino qurilişi yonidan ötib ketayotganlar va avtomobildagi yölovçilar – barçaning nigohlari binoning eng baland nuqtasiga kötarilganining guvohi bölişingiz mumkin, u yerda logotip örnatilgan katta inşootni köradilar

Barça bosqiçlarda işonçlilik va xavfsizlik har qanday quriliş sifatining asosiy mezonidir. Nest One majmuasining qurilişi bizning quriliş bozorimizda şu paytgaça öxşaşi bölmagan alohida e'tibor va eng yuqori xavfsizlik standartlarini talab etadi.
Balandlik oşib borişi bilan şamol tezligi ham oşişi hamma uçun kundek ravşan, çunki havo harakatlanganda pastki qatlamlar yer yuziga yetib borib sekinlaşadi, balandlikda esa, bu ta'sir faol ravişda kamayadi, binobarin bu havo oqimi kuçining oşişiga olib keladi. Şu bilan birga, doimiy şamollar va boşqa ob-havo şaroitlari quriliş işlarini bajariş şartlariga sezilarli darajada ta'sir qiladi.

Bunyod etilayotgan bino balandligi va perimetri böyiça işlayotgan odamlarning xavfsizligini ta'minlaş quriliş işlari vaqtida eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Şu sababli, mamlakatdagi birinçi osmonöpar bino hozirda qurilayotgan yuqori qavatlarning fasadi böylab şamoldan himoya qiluvçi maxsus ekranlarni örnatgan. Birinçi navbatda, şamoldan himoya qiliş tizimi xodimlar uçun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi, işning front qismini ob-havoning noqulay şaroitlaridan himoya qiladi, şu bilan iş samaradorligini oşiradi va quriliş-montaj işlarining beqiyos sifatini ta'minlaydi.

Nest One qurilişda 150 yillik tajribaga ega bölgan Avstriyaning Doka şamoldan himoya qiliş tizimidan foydalanadi, bu uzoq vaqt davomida özining samaradorligini yirik xalqaro loyihalarda isbotlab kelmoqda. Tizim 3,5 qavatning sirtini qoplaşni hisobga olgan holda işlab çiqilgan – bu taxminan 14 metrni taşkil etadi va 140 km/soatgaça bölgan şamol oqimining bosimiga bardoş bera oliş qobiliyatini anglatadi. Şamoldan himoyalovçi ekranlar quriliş davom etiş jarayonida gidravlik qurilmalar yoki an'anaviy minora krani yordamida kötarilib boradi.



















