Orol dengizi qurişiga yadroviy portlaş sabab bölganmi?
|19:13 / 27.03.202192 30112 min
Bundan 2 yil avval “Orol dengizi suvi Kaspiyga oqib ketganmi?” sarlavhasi ostida maqolam çiqqan edi. Unda Orolning “köz”lari, sobiq dengizda odamlar guvoh bölgan girdoblar haqida söz yuritilgan va şu girdoblar orqali Orolning suvi boşqa tomonga, ya'ni Kaspiy dengiziga oqib ketgan bölişi mumkinligi haqida xalq orasidagi taxminiy gaplar bayon qilingan.
Mazkur maqoladan keyin Nukusda bir örtoğim qönğiroq qilib, 1968 yilda çiqqan “Jyetkinşek” gazetasining qaysidir sonini suratga tuşirib menga taşladi. Ana xolos, bu maqolada ham Oroldagi girdob haqida söz borgan. Guvohlar esa Nukusda istiqomat qilgan kişilar. Ularning tasvirlaşiça, xuddi tubi teşilgan çelakdan suv ketgani kabi dengizning suvi ham girdoblanib, katta miqdordagi suv yer qa'riga ketib turgan.
Girdobni öz közi bilan körgan kişilar hozir ham bor. Nukus davlat pedagogika institutining tarix fani öqituvçisi Onğarbay Yusupov şunday eslaydi:
“1970–1975 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi arxeologiya sektori tomonidan Janubiy-Şarqiy Ustyurtda keng kölamli arxeologik işlar olib borildi. Bu arxeologik ekspeditsiya işlarida men ham iştirok etdim. Ustyurtda köp sir-sinoatlarga duç kelib turdik. Şulardan meni juda qattiq dahşatga solgani Orol dengizi suvlarining qanday qilib yer qa'riga ketayotganini öz közim bilan körganim böldi. Bu 1975 yil edi. Maşhur arxeolog Vadim Yagodin boşçiligidagi ekspeditsiya Ustyurtning şarqiy çinkida (tik jarlik), ya'ni Duvona burnida qadimiy köçmançilar davriga oid esdaliklarni qaziyotgandik. Qazişma işlari Nukusdan 500, Möynoqdan 300 km olisda olib borilayotgandi. Tsivilizatsiyadan uzoqda edik. Asosiy ozuqamiz, albatta, Orolning baliqlari böldi. Sababi biz işlayotgan joy Ustyurtning şarqiy çegarasi bölib, öng tomonimizda, nari borsa 300 metrda bepoyon va buyuk Orol tölib-toşar edi. Orolda baliq köp.
Bir kuni ikki kişi bölib toğdan (Ustyurtdan) pastga, ya'ni dengizga tuşib borardik. Ne köz bilan köraylikki, çinkka yaqin joyda dengiz suvi girdoblanib katta miqdordagi suv yer ostiga ketayotgandi. Dahşatdan qotib qoldik. Girdob şunday kuçli ediki, biz qörqib, yuqoriga örmalaş payiga tuşdik».
Kaspiy bilan Orol yer ostidan boğlanganmi?
Xalq orasida Orol dengizi bilan Kaspiyning örtasida yer osti kanali bor, Orolning suvi Kaspiyga oqib ketdi, degan gaplar şu paytlarda tarqalgan, lekin ularning ilmiy isboti yöq edi. Moskvalik marhum olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Boris Golubovning “Anomalnyy pod'yom urovnya Kaspiyskogo morya i katastrofiçeskoye obmeleniye Aralskogo morya kak rezultat drenirovaniya Arala pod plato Ustyurt i v Kaspiy vsledstviye texnogennyx vozmuşçeniy nedr” nomli maqolasi esa xalqning bu gaplarni bejiz aytmaganini isbotlagandek, göyo.
Mavzuga oid
Olim uşbu maqolasida quyidagiça xulosa yasagan: 1) Orol va Kaspiy dengizlari yer ostidan bir-biri bilan boğlangan. Ikki dengizning suvlari Ustyurt platosi ostidagi karst böşliqlari uzra tutaşgan; 2) Ikki dengizning yer ostidan boğlanişiga Ustyurtda amalga oşirilgan yer osti yadroviy portlaşlar sabab bölgan. Bu portlaşlar Orol suvining Ustyurt platosi ostida drenajlanişiga olib kelgan, şuningdek, Amudaryo va Sirdaryoning Orolga quyar qismi filtratsiyalanib, daryo suvlarining tortilib ketişiga ham sabab bölgan; 3) 1969 yildan keyingi Orol suvi Kaspiyga şiddat bilan taşlangan, 1995 yilgaça Orolning suvi tezlik bilan pasayib borgan, Kaspiy suvlari esa aksinça köpayib borgan. Yer ostidan ketgan bu suvlar asosan Ustyurt platosining örta miotsenli qatlamlarida karst böşliqlari orqali yuzaga kelgan bölişi ehtimol.
Ustyurtda yadroviy portlaşlar amalga oşirilganmi?
Ha, Ustyurtda, ya'ni platoning Qozoğiston qismida Manqişloq viloyatiga qaraşli Akotti, Mulkaman va Kindikti degan joylarida 9 marotaba yadroviy portlaş amalga oşirilgan. Ulardan yiriklari: 30 kilotonnalik kuçga ega bomba 1969 yil 6 dekabr kuni 410 m çuqurlikda, ikkinçi 80 kilotonnaligi 1970 yil 12 dekabrda 740 m çuqurlikda va uçinçi 75 kilotonnaligi esa 1970 yil 23 dekabrida 500 m çuqurlikda portlatilgan.
Uşbu sinovlardan maqsad yer ostidan çuçuk suv közlarini oçiş, suv zaxirasini yaratiş bölgan. Şu paytlarda AQŞning Nevada ştatida ham xuddi şunday sinovlar amalga oşirilgandi. Sobiq ittifoq ham qudratini namoyiş qiliş uçun Ustyurtda yasalma çuqurliklar hosil qilişga urindi.
Ammo sinovlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Birinçidan, sinov paytida halokat yuz berib, radiatsiya yer yuziga çiqib ketdi. Hududda xavflilik darajasi hamon saqlanib qolgani aytiladi. Ikkinçidan, portlaş paytida kuçli silkinişlar yer plitasini örnidan qözğab, oqibatida Orol va Kaspiyning örtasida yer osti koridorini paydo qilgan va Orol dengizi Kaspiydan 60–70 metr balandlikda bölgani bois, suv quyiga qarab ketib qolgan.
Sinovlar darhol töxtatilgan
Yadroviy sinovlardan keyin dengiz suvining şiddat bilan pasayişi kuzatilgan, masalan, 1961–63 yillarda dengiz sathi 18–25 sm pasaygan bölsa, 1969 yilda 15 sm.gaça bir kötarilib olib, keyingi yillarida 70–100 sm.gaça böy taşlab borgan. Kaspiy dengizi esa 1977 yildan keyin 18 yil davomida tinmay, yiliga 32–40 sm.ga kötarilib boraveradi. 1995 yilga kelibgina vaziyat biroz öz iziga tuşgan.
Kaspiydan qöyib yuborilgan baliq Oroldan çiqqan
Orol bilan Kaspiyning örtasidagi boğliqlik böyiça yana bir afsona xalq orasida yuribdi.
Ötgan asrning 30-yillarida olimlar Kaspiy dengizida bakrabaliq urçitiş uçun ularga belgi qöyib (sirğa taqib) suvga qöyib yuboradi. Şu sirğa taqilgan bakrabaliqlar Orol dengizidan çiqqan. Yer sathining biri baland nuqtasida, biri pastida joylaşgan ikki dengizning örtasida aloqa mavjudligini tekşiriş uçun böyoq oqizib köriladi. Taajjubki, Oroldan yuborilgan böyoq Kaspiyda körinadi. Olimlar bu sirni oçmoqçi bölganda ikkinçi jahon uruşi boşlanib ketib, boşlangan işlar qolib ketadi.
Aytişlariça, Stalinning buyruği bilan 1940- va 1960-yillarda ikki dengiz örtasida sirli quriliş amalga oşirilgan emiş. Yer osti qurilişlarida uruşda asirga tuşgan va ölimga mahkum etilganlar işlagan. Asirlikdan ovuliga qoçib kelgan bittasi şu sirni e'lon qiladi.
Bu qançalik haqiqatga yaqinligi noma'lum-u, ammo Stalin Kaspiy dengizi suvlarini quritib, neft sanoatini ulğaytiriş istagida bölganligi aniq.
Stalin vaqtidagi KGB boşliği Ivan Serovning “Zapiski iz çemodana” memuarida ta'kidlanişiça, Stalinning olimlar-u mulozimlarga topşiriği şunday bölgan: “Volgani Qozoğiston daştlariga olib boring, Kura daryosini töğonlang va Kaspiy dengiziga quyilmasligi uçun boşqa daryolarni, suv közlarini nima qiliş kerakligini öylab köring!”
Ma'lumki, bu loyihaning juda katta qimmatga tuşişi Stalinning fikridan qaytişiga sabab bölgan.
Mana şu yerda Kaspiyga quyilişi mumkin bölgan suvlarning biri Orol dengizi suvlari edi. Demak, bu haqda avval ham ma'lum bölgan bölişi mumkinmi? 1825-26 yillarda Orol va Kaspiyga ekspeditsiya qilgan F.Bergning yöqotilib yuborilgan hisobotlarida şu haqda ma'lumotlar qayd etilgandir, balki. Ehtimol, şu topşiriq ortidan Orolning yer ostidagi közini boylaş uçun qandaydir sirli qurilişlar olib borilgandir.
Orolning qurişi haqidagi nazariya qançalik haqiqat?
Orol dengizining qurişiga suvning notöğri sarflanişi va demografik omillar sabab qilib körsatiladi. Boris Golubov bu nazariyaga şubha bilan qaraydi.
“Orol dengizining qurişiga uşbu köl havzasidagi suğoriladigan yer maydonining nihoyatda kengayişi sabab bölgani aytiladi, ammo bu jiddiy şubha uyğotadi, – deydi olim. –Masalan, 1940 yildan 1960 yilgaça Amudaryo va Sirdaryodan suvni sun'iy ravişda tortib oliş (umumiy oqimi yiliga 127 kub km) 52,3 kubometrdan 63,89 kubometrgaça ösdi, ammo bu Orol dengizi sathiga heç ta'sir körsatmadi. 1911 yildan 1960 yilgaça dengiz sathi +54 metr böldi. 1950 yilda SSSR hukumati Amudaryo va Sirdaryodagi suv zaxiralarini hisobga olib, suğoriladigan yerlarni kengaytirişga qaror qildi. Ammo hisob-kitoblar böyiça bu Orol dengizining sathiga sezilarli ta'sir körsatmasligi kerak edi va şunday böldi ham. 1960-yillargaça melioratsiya rejalari heç qanday ofatga aylanmadi.
Bari hisob-kitobdagidek aniq ketayotgan edi. Tösatdan 1970-yillarga kelib Orolga quyiladigan suv yiliga 42 kub km.gaça kamayib ketdi, dengiz sathi esa 10 yilda 2 metrgaça quladi. Bu dengizdagi suv balansining iqlimiy hisob-kitobini özgartiriş kerakligini taqozo qildi. 1980 yildagi xulosaga köra, 1985 yilga kelib Orolga yer usti suvlarining kelib quyilişi yiliga 15 kub km.ga kamayişi, dengiz sathi esa +46ga tuşişi hisoblangan edi. Aslida, dengiz sathi pasayişi ança sezilarli böldi: 1983 yilda Orol dengizi sathi kutilganidan 1,2 metr past böldi. Vaziyatni baholaşdagi klimatologik usullar özini oqlamadi. Şunday bölsa ham Orol ofatçiligini suğoriladigan yerlarning haddan taşqari kengaytirilişida, deb qat'iy işonildi. Ofatçilikning oldini oliş uçun Irtiş va Ob daryolarini janubga buriş taşabbuslari kötarildi.
Hisob-kitoblarga köra, suğoriladigan yerlarning maksimal ruxsat etilgan maydoni 8 million gektar bölsa ham Orol dengizi uçun bu sezilarli ta'sir körsatmasligi kerak edi. Ammo, 1961 yilga kelib suğoriladigan yerlar 6 million gektarga yaqin edi. “Xavfsizlik zaxirasi”ga hali 2 million gektar bor edi”.
Şunday qilib, olimning fikriça, Orol dengizi sathining keskin pasayişiga sabab suğoriladigan yer maydonining haddan taşqari kengayişida emas, balki yana bir narsada: Amudaryo va Sirdaryoning dengizga yaqinlagan joyida qandaydir suv oqimini uşlab turadigan mexanizmlar işlay boşlagan. Bu yadroviy portlaş orqali yuzaga kelgan “qopqon” bölişi mumkin.
Orol dengizi sayozlaşgan davrlarda Xitoyda Lobnor yopiq köli sathida ham 14 foizga pasayiş yuz berdi. Negaki, bu köl yonida ham yadroviy sinov amalga oşirilgan.
Orol muammosi haqida qisqaça
1913 yilda Orol dengizi suvi bilan suğoriladigan yer maydoni 3,2 mln gektar bölgan bölsa, 1985 yilga kelib bu körsatkiç 6,9 mln gektarga yetdi.
Turli ehtiyojlar uçun Orol dengizidan sarflanadigan suv 1960-yillarda 63 km kub, 1980 yilda esa 95 km kubni taşkil etgan.
XX asr davomida Orolböyi hududlarida, Markaziy Osiyo va qisman Afğoniston aholisi soni 14 mln.dan 65 mln.gaça keskin ortdi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi maqsadlarida yerning şörini yuvişga ham katta miqdorda suv sarflangan.
Orol dengizining qurib borişi natijasida bir qator salbiy holatlar yuzaga keldi. Orol hududida paydo bölgan zaharli tuz uyumlarining zarralari Pomir toğlari, Antarktida sohillari, Grenlandiya muzliklari, Norvegiya örmonlarigaça yetib bormoqda. Yovvoyi ösimliklar va hayvonot dunyosi qirilib ketmoqda. Orolböyi hududida lokal iqlim keskin özgarişlarga uçradi. Içimlik suvi tanqisligi, xavfli kasalliklar tarqalişi, yaşaş şaroitlari oğirlaşuvi natijasida Orolböyi hududidan aholi migratsiyasi köpaydi.