Bojxona sohasini şaffoflaştiriş, tizimda axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy qilişga doir samarali işlar amalga oşirilgan. Buning natijasida respublikaga kirib kelayotgan yuk transport vositalarining kirişi va çiqişini onlayn nazorat qiliş imkoniyati paydo bölmoqda.
Yuk transport vositalarining kiriş tartibi qanday?



Yuk avtotransport vositasi Qozoğistonning «Qosimboyev» çegara bojxona postidan «Yallama» çegara bojxona postiga kirib kelişi bilanoq avtomatlaştirilgan dezinfeksiya qiliş işlari amalga oşiriladi. Söngra, zamonaviy Yantar uskunasi vositasida transport vositasida respublika hududiga kirib kelişi mumkin bölgan radiofaol moddalar bor-yöqligi nazoratdan ötkaziladi. Mabodo, şunday moddalar bor bölsa, 5 soniyada bojxona postiga işora yuboriladi va xatar tartibi e'lon qilinadi.
Şu vaqtning özida yuk maşinasi öqlariga tuşayotgan oğirlik hamda transport vositasining umumiy vazni ölçanadi, şu vaqtda transport vositasini avtomatik aniqlaş tizimi işlaydi, uning davlat raqami suratga olinib, barçasi Markazlaşgan holda yagona serverga joylanadi. Haydovçi çegara nazoratidan ötgaç, bojxona körigidan ötadi va Özbekiston hududiga kiradi.
Bu işlarning barçasiga 15 daqiqa, bojxona nazoratiga esa, 5 daqiqa vaqt sarflanadi.


«Vazirlar Mahkamasining 912-sonli qaroriga muvofiq, har bir avtotransport vositasi harakati uçun jami 15 daqiqa sarflanadi. Bojxona rasmiylaştiruvlariga 5 daqiqa berilgan. Bojxona körigidan ötgaç, hududdan taşqariga çiqib ketadi. «Yallama» çegara bojxona posti bir kunda 1000tagaça yuk transport vositalariga xizmat körsata oladi. Pandemiyadan avval, bu postdan bir kunda 600-700ta yuk maşinalari ötgan bölsa, bugungi kunda bu raqam 300-350tani taşkil etmoqda», - deydi smena boşliği.


















