Davlat rahbari qaroriga köra, Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan “Yangi Arğin” mahallasidagi şoir yaşagan xonadonda yodgorlik lavhasi örnatiş ham belgilangan.
Joriy yilning 26 mart kuni Abdulla Oripov yaşab, ijod qilgan “Dörmon” ijod uyi hududida joylaşgan xonadonda örnatilgan barelefning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar şoirning ijodiy merosi, vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyğusini, oliyjanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalq ma'naviyatini yuksaltiriş, yoş avlod tarbiyasidagi örni va ahamiyati haqida gapirişdi.















