«29 mart kunidan boşlab, 4-çorak darslari boşlanişi munosabati bilan ota-onalardan koronavirus infeksiyasining köpayişi şaroitida, maktablarning masofaviy ta'lim şakliga ötkazilişi böyiça köplab savollar kelib tuşmoqda.

Şu örinda, yana bir bor eslatib ötmoqçimiz, öquvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida joriy öquv yilida gibrid ta'lim tizimi joriy etilgan, ya'ni farzandini maktabga yuborib an'anaviy ta'lim olişi yoki uydan bepul televizion «Onlayn maktab» kanallari orqali masofaviy ta'lim olişi böyiça qarorni ota-onalarning özi qabul qiladi.

Epidemiologik holat oğirlaşgan hududlarda, mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuçaytiriş çoralarini köriş vakolati berilgan. Şuni inobatga olib, hududiy hokimliklar ba'zi tumanlardagi maktablarni töliq masofaviy ta'lim şakliga ötkaziş böyiça qaror qabul qilişi mumkin. Öz navbatida, maktablarning ma'muriyatiga sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etiş böyiça topşiriq berilgan.

Pandemiya nafaqat dunyo iqtisodiyoti va ta'lim tizimiga, balki insonlarning asabiga ham salbiy ta'sir körsatayotganiga guvoh bölyapmiz. Şunday ekan, qadrli ota-onalar, joylarda maktab jamoasi bilan özaro hurmatni saqlagan holda, faqat birgalikda uşbu vaziyatdan çiqib ketişimiz mumkinligini tuşunişingizni söraymiz!» deyiladi vazirning telegram-kanalida.