Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hududgaz Qashqadaryo» xodimlari aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni o‘g‘irlab sotayotganda qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyatida «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta'minoti filiali xodimlari aholi ehtiyojlari uchun tarqatilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni o‘g‘irlab sotayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
Xabarda ma'lum qilinishicha, DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta'minoti filialida ishlovchi shaxslarning jinoiy ishlariga chek qo‘yilgan.
Jumladan, joriy yil 23 fevral kuni «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta'minoti filialida haydovchi bo‘lib ishlovchi I.X. o‘z boshqaruvida bo‘lgan davlat raqami 70 395 XAA MAN rusumli suyultirilgan gaz tashish mashinasi bilan Shahrisabz tumanidagi aholiga gaz tarqatish shoxobchasiga borib mashina sisternasidagi suyultirilgan gazni to‘liq hajmda to‘kmagan. U gazning bir qismini avtosisternada qoldirib, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli suyultirilgan gaz quyish sexining avtoturargohiga qaytib kelgan.
Shundan so‘ng, sisternada qolgan jami 8 million 780 ming so‘mlik gazni 70 N 208 XA, 70 G 245 AA bo‘lgan «ZIL» rusumli yuk avtomashinalariga o‘tkazib berayotganda qo‘lga olingan.
Shuningdek, «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta'minoti filialining yana bir haydovchisi O‘.M. davlat raqami 70 767 YeAA bo‘lgan MAN rusumli suyultirilgan gaz tashish mashinasi bilan Qamashi tumani Langar qishlog‘idagi aholiga gaz tarqatish shoxobchasiga borib, avtosisternadagi gazni to‘liq quyib bermagan. O‘.M. 6 million 204 ming so‘mlik gazni 70 L 797 XA «ZIL» mashinasiga bo‘shatib berayotganda qo‘lga tushgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan I.X. va O‘.M.larga nisbatan jinoyat ishi ochilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
16:36 / 29.05.2026