Mahalliy naşrlar politsiyaga asoslanib xabar berişiça, xudkuşlar ikki nafar bölgan, ular odamlar yakşanba ibodatidan çiqib kelişini poylab, portlovçi qurilmalarni harakatga keltirgan.
Politsiyaçilar Reuters agentligiga voqea joyida mototsikl qoldiqlari va ikki terrorçining tanasi parçalari topilgani haqida xabar berişgan.
Milliy politsiya vakilining xabarlariga köra, xudkuşlar bino içiga kirişga harakat qilişgan.
Bundan avval ham terrorçilar xristianlik çerkovlariga hujumlar uyuştirgan, ammo bu safar mamlakatdagi radikal guruhlarning heç biri sodir etilgan hujum uçun javobgarlikni zimmasiga olmayapti.
Rohib Vilxemus Tulak Metro TV telekanaliga bergan intervyusida, qöriqçilar terrorçilarni tutib olişga uringani haqida aytgan.
Uning sözlariga köra, ayrim jabrlanuvçilarning ahvoli oğir.

Portlaş çerkovning yon tomondan kiriş qismida sodir bölgan. Kuzatuv kameralariga muhrlangan kadrlarda olov çaqnaşi, quyuq tutun va yöllardagi parçalarni köriş mumkin. Makasar meri Denni Pomantoning aytişiça, agar portlaş asosiy darvoza oldida sodir etilganida, talafot jiddiyroq bölişi mumkin edi.
Indoneziya - dunyoda eng köp musulmon aholiga ega mamlakat hisoblanadi. Yaqin ötmişda ham bir neça marta çerkovlar radikal kuçlar nişoni bölişi kuzatilgan.
2018 yilda Surabayya port şahridagi çerkov va politsiya boşqarmasiga davomli hujumlar oqibatida önlab kişilar halok bölgandi. Politsiya bu hujumlar uçun javobgarlikni IŞIDning mahalliy guruhi zimmasiga yuklagan.
Indoneziyadagi eng qonli terakt 2002 yilda Bali orolida röy bergan. Jangarilar turistlar bilan gavjum rayonga hujum qilişi 202 kişining ölimiga sabab bölgan, halok bölganlarning aksari xorijliklar edi.












