«Daut-ota» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona chegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimiz hududidan olib chiqishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, post orqali qo‘shni Qozog‘istonga chiqib ketayotgan fuqaro D.N. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, avtomashinada 33 dona 1903-1968 yillar oralig‘ida bosilib chiqqan, respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan qadimiy tangalar hamda olib chiqishda maxsus sertifikat talab etiladigan 3 xil turdagi, jami 107 dona (tanga, gilamcha va haykallar) madaniy boyliklarni yashirincha olib o‘tishga urinish holati aniqlangan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.










