Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 29,5 kilometr yuqori bosimli va magistral suv quvurlari tortiladi
Samarqand shahri aholisini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 29,5 kilometr yuqori bosimli va magistral suv quvuri tortiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2021—2023 yillarda Samarqand shahrida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi xisobidan Cho‘pon ota, Dahbed suv inshootlari va Muliyon nasos stansiyasini to‘liq rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur jamg‘arma hisobidan qo‘shimcha zamon talablariga javob beruvchi yangi nasos uskunalarini o‘rnatish, uzunligi 26,9 kilometr bo‘lgan yuqori bosimli va magistral suv tarmoqlarini almashtirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Samarqandni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida uzunligi 29,5 kilometr yuqori bosimli va magistral suv quvurlarini qurish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026