Boş prokuratura va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining “Davlat ijroçilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oşirişda xatlangan mol-mulkni baholaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga muvofiq, sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro qiliş jarayonida realizatsiya qilinadigan, şu jumladan davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulk baholaş obekti hisoblanadi.

Davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulkni baholaş xususiyati Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulkni olib qöyiş, sotiş yoki yöq qilib taşlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori bilan belgilanadi.

Röyxatga olingan mol-mulkni baholaşni taşkil etiş nizom bilan belgilangan tartibda davlat ijroçisi tomonidan amalga oşiriladi.

Davlat ijroçisi alohida mol-mulkning şartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulk qiymati bazaviy hisoblaş miqdori yigirma baravaridan, mol-mulk jami qiymati esa bazaviy hisoblaş miqdori yuz baravaridan oşmagan taqdirdagina, baholovçi taşkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilaşi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.

Quyidagi mol-mulkni baholaş uçun baholovçi taşkilot jalb qilinadi:

a) avtomototransport vositalari;

b) maşina va uskunalar hamda işlab çiqariş liniyalari;

v) köçmas mulk;

g) korxona mulkiy kompleksi;

d) tijoratçi taşkilotlardagi uluşlar (aksiyalardan taşqari);

ye) aşyolar, mol-mulk, şu jumladan mulkiy huquqlar;

j) fond birjasi rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlaştirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan qimmatli qoğozlar.

Fond birjasi rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qoğozlar qiymati davlat ijroçisi tomonidan uşbu qimmatli qoğozlar böyiça fond birjasiga yozma sörovnoma yuboriş orqali belgilanadi.

Davlat ijroçisi mustaqil belgilaşi mumkin bölgan mol-mulkni baholaş uçun baholovçi taşkilotni jalb qilişi mumkin.