31 mart kuni soat 8:50da Uzbekistan Airways'ning HY277 raqamli reysi Farğona xalqaro aeroportidan Turkiyaning Istanbul şahriga qarab samoga kötarildi.

132 nafar yölovçini öz bağriga olgan Airbus A320 Neo uçoği 5 soat 40 minutda Istanbul xalqaro aeroportiga qöndi.

Farğona xalqaro aeroporti Taşişni taşkillaştiriş bölimi boşliği örinbosari Erkinjon Obidovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, endilikda «Farğona – Istanbul – Farğona» reysi haftada ikki marta – çorşanba va şanba kunlari amalga oşiriladi.

Şu kunlari parvozni amalga oşirgan samolyot tuşdan söng Istanbuldan Farğonaga HY278 raqamli reys bilan qaytib keladi.

Erkinjon Obidovga köra, 28 martdan boşlab Farğonadan Samarqand şahriga haftasiga 7 marta aviaqatnovlar yölga qöyildi. Yaqin kelajakda esa Buxoro, Termiz viloyatlari hamda Dubay va Seul şaharlariga ham töğridan töğri qatnovlar yölga qöyilişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, «Toşkent – Andijon – Toşkent» yönalişidagi aviaqatnov ikki yarim yillik tanaffusdan söng, 6 apreldan boşlab qayta yölga qöyilmoqda.