Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Andijon yo‘nalishida aviaqatnovlar tiklanmoqda
«Toshkent – Andijon – Toshkent» yo‘nalishida 6 apreldan boshlab haftasiga ikkita aviareys qo‘yilmoqda. Chipta narxi bir tomonga 124 ming so‘mdan boshlanadi.
Foto: Kun.uz
6 apreldan boshlab, «Toshkent – Andijon – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy qilinadi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar qildi.
Reyslar seshanba va juma kunlari amalga oshadi. Narxlar quyidagicha:
- «Toshkent – Andijon»: 124 ming so‘mdan boshlab;
- «Toshkent – Andijon – Toshkent»: 211 ming so‘mdan boshlab.
«Andijon – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar so‘nggi marta 2018 yil oktyabr oyida amalga oshirilgan. Shundan so‘ng Andijon xalqaro aeroporti ta'mirga yopilgan edi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, aeroportni xususiy investorga topshirish rejasi amalga oshmagan, asosan uchish-qo‘nish yo‘laklari ta'mirlangan.
Andijon shahridagi aeroport 1954 yilda foydalanishga topshirilgan. Bu yerdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi bundan avvalgi marta 1980 yilda, perron esa 1985 yilda ta'mirlangan.
- Avvalroq, Turkish Airlines Turkiyaning yirik shaharlaridan Farg‘ona shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘ymoqchi ekani ma'lum qilingandi.
- 1 apreldan boshlab haftada bir marta «Moskva – Toshkent» yo‘nalishida doimiy parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.
- Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab aksariyat yo‘nalishlarda yuklar uchun alohida haq ola boshladi.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026