Hokimning sözlariga köra, 2021 yilga möljallangan ikki viloyat örtasidagi «Yöl xaritasi»ga köra, qiymati 22 mln dollar bölgan yirik loyihalar amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, qiymati 132 mln dollarga teng 35 ta savdo şartnomasi ijrosini ta'minlaş maqsad qilingan.

Bundan taşqari, viloyatlar örtasida yangi çegara ötkaziş punktlari oçiş ham rejalaştirilgan.

«Ikki taraflama aloqalarni yaxşilaş maqsadida Uçqörğon—Kensay hamda Nanay—Kerben çegara bojxona postlarini qayta tiklaş hamda Kosonsoy—Baymoq ötiş punkti orqali transport harakatini yölga qöyiş uçun zarur işlar boşlab yuborilgan», — dedi Şavkatjon Abdurazzoqov.