Qarşi şahrida haydovçilardan biri piyodalar yölakçasidan ötayotgan ikki nafar qizni urib, qoçib ketgan. Tezkor suriştiruvlarda haydovçi topilib, unga çora körilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, joriy yil 19 mart kuni soat 15:20 larda, Qarşi şahar, I.Karimov köçasida joylaşgan savdo markazi röparasida, «Kobalt» avtomaşinasi haydovçisi piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan D.B. va M.B.larni urib yuborib, birinçi tibbiy yordam körsatmasdan hodisa joyidan qoçib ketgan. Piyodalar B.D. va M.B.lar yengil tan jarohati bilan şifoxonaga murojaat qilgan.

Şundan söng, Qarşi şahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruvda «Kobalt» haydovçisi topilgan. Holat yuzasidan tegişli hujjatlar töplanib, jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudiga yuborilgan.

Qayd etilişiça, sud tomonidan haydovçi Ş.N. ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 133 (transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi, jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi) va 137-moddalari (yöl-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qoliş)da körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.