Qoraköl tumanining Çovli mahallasida qurilgan 90 örinli 32-sonli MTTning barpo etilişiga 2 mlrd 531 mln söm mablağ sarflandi. Şuningdek, tumanning Dehqonobod mahallasidagi 31-umumta'lim maktabining böş turgan eski binosi Investitsiya dasturi doirasida 2,3 mlrd sömga mukammal ta'mirlanib, 100 örinli boğçaga aylantirildi. 

Buxoro viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Qoraköl tumanida 3-7 yoşli bolalar soni 13 201 nafarni taşkil qiladi. Ayni paytda, şundan 6 893 nafari MTTlarga qamrab olingan. 

Şuningdek, Romitan tumanining Navbahor mahallasida «Obod qişloq» davlat dasturi asosida 140 öringa möljallangan 15-sonli MTT qurildi. Uning barpo etilişiga mahalliy budjetdan 1 mlrd 321,7 mln söm sarflangan.