1 apreldan boşlab barça hududlarda koronavirus infeksiyasiga qarşi ommaviy emlaş tadbirlariga start berildi.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga köra, Farğona şahridagi 5-oilaviy poliklinikada emlaş jarayonlari amalga oşirilmoqda.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Husan Mamajonov hamda sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boşqarmasi boşliği Ahmadjon Yaqubovlar mazkur poliklinikada bölib, jarayon bilan yaqindan tanişdilar, vaksina olayotgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qilindi.
Viloyatda birinçilardan bölib koronavirusga qarşi vaksina bilan Husan Mamajonov va Ahmadjon Yoqubov ham şu yerning özida emlandi.
Birinçi navbatda 65 yoşdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib oliş xavfi yuqori bölgan tibbiyot xodimlarini emlaş közda tutilgan.
Bundan taşqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgaça ta'lim muassasalari, qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini ham birinçi navbatda emlaş rejalaştirilgan.











