«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Özbekistonda 2017-2021 yillarda pensiya va nafaqa oluvçilar soni qançalik oşib kelayotgani haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Unga köra, sönggi 4 yilda Özbekistonda pensiya va nafaqa oluvçilar soni qariyb 20 foizga oşgan. Jumladan, ularning soni:

  • 2017 yilda – 3 141 100 nafar;
  • 2018 yilda – 3 296 700 nafar;
  • 2019 yilda – 3 484 800 nafar;
  • 2020 yilda – 3 677 700 nafarni taşkil etgan.

2021 yil 1 fevral holatiga köra, Özbekistonda 3 845 462 nafar şaxs pensiya va nafaqa oladi. Ulardan:

  • 3 440 699 nafar şaxs pensiya;
  • 404 763 nafar şaxs nafaqa oladi.

Pensiya va nafaqa oluvçilarning 43 foizini erkaklar, 57 foizini ayollar taşkil etadi.

Pensiya oladigan şaxslarning:

  • 2 861 916 nafari yoşga doir;
  • 388 210 nafari nogironlikka doir;
  • 190 573 nafari boquvçisini yöqotganganlik pensiyasini oladi.

Nafaqa oluvçilarning:

  • 43 584 nafari yoşga doir;
  • 325 170 nafari nogironlikka doir;
  • 36 009 nafari boquvçisini yöqotganlik nafaqasini oladi.

Ma'lumot uçun, 2021 yil 1 fevraldan boşlab belgilangan pensiya miqdorlari qöyidagiça:

  • Pensiya hisoblaşning bazaviy miqdori – 262 470 ming söm;
  • Yoşga doir eng kam pensiyalar – 513 350 söm;
  • Bolalikdan nogiron şaxslar nafaqasi – 513 350 söm;
  • Zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – 313 030 söm.