Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev raislik qilgan tadbirda Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti - Elboşi, Turkiy kengaşning Faxriy raisi Nursulton Nazarboyev, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev, Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya boş vaziri Viktor Orban va Turkiy kengaş boş kotibi Bağdod Amreyev qatnaşdi.

Tadbirda taşkilot doirasida iqtisodiyot, savdo, transport sohalaridagi köp qirrali amaliy hamkorlikni hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda barça turkiy xalqlarning ma'naviy yuksalişiga katta hissa qöşgan buyuk şoir va mutafakkir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga alohida e'tibor qaratildi. Özbekiston rahbari diniy-axloqiy qaraşlari bilan mintaqamizda ulkan e'tibor qozongan Ahmad Yassaviyga Sohibqiron Amir Temur ixlos qöygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston şahrida muhtaşam maqbara bunyod etganini qayd etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida mustahkam tarixiy riştalar, muştarak til, madaniyat va ma'naviy qadriyatlar asosida şakllangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmiga aylanib borayotganini alohida ta'kidlandi.

Davlat rahbari koronavirus pandemiya ta'sirida davom etayotgan global inqirozning salbiy oqibatlarini yumşatiş va bartaraf etiş yölida kengaşning yaqin va örta istiqbolga möljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi. Şuningdek, savdo, investitsiya, sanoat, transport aloqalarini tez fursatda tiklaş va yangi şaroitlarda rivojlantiriş, elektron tijorat hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, işbilarmon doiralar va hududlararo hamkorlik imkoniyatlaridan töliqroq foydalaniş zarurligiga e'tibor qaratdi.

Turkiy tilli mamlakatlar örtasida sanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş va yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş ustuvor vazifalardan biri ekanligi, Turkiy kengaş doirasida Investitsiya jamğarmasi va Taraqqiyot bankini taşkil etiş va işga tuşiriş böyiça amaliy işlarni jadallaştiriş zarurligi ta'kidlandi.

Özbekiston prezidenti mintaqamizning ulkan strategik ahamiyatga ega transport va tranzit salohiyatidan yanada unumli foydalanişga, Osiyodagi global bozorlarga çiqiş imkoniyatini kengaytiriş maqsadida Markaziy Osiyo hududida transport yölaklarini, şuningdek, Ozarboyjon va Turkiya orqali Yevropa bozorlariga eltuvçi yönalişlarni rivojlantiriş, logistika infratuzilmasini kengaytiriş böyiça yirik loyihalarni birgalikda amalga oşirişga çaqirdi.