Senatning xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasining kengaytirilgan yiğilişida Özbekistonning AQŞdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Javlon Vahobov amalga oşirilgan işlar va istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berdi.

Javlon Vahobov Kanadada Özbekistonning diplomatik vakolatxonasini oçişni taklif qildi.

«Butun Amerika qit'asida faqat Vaşingtonda Özbekistonning diplomatik vakolatxonasi mavjud. Barça işlarni bu yerdan turib hal qiliş, menimça, notöğri. Bu taklifni Toşkentga kiritganmiz va bu masala hozirda körib çiqilmoqda. Elçixona bölmasa ham kamida boş konsulxonani oçiş taklifini berganmiz. Senat tomonidan ham uşbu taklif qöllab-quvvatlansa, men juda minnatdor bölardim.

Kanada ulkan salohiyatga ega bölgan davlat. G20 va G7’ga kiradigan davlatga alohida e'tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bölardi», — dedi Javlon Vahobov.

AQŞ qişloq xöjaligi vazirligidan 10ta, xususan, loviya, moş, nöxat, yeryonğoq, bodom, grek yonğoği, mayiz, quritilgan örik, olxöri, anjir mahsulotlarini Amerika bozoriga eksport qiliş böyiça fitosanitariya ruxsatnomalari olingani aytib ötildi.

Ma'lumot uçun, AQŞ va Özbekiston örtasidagi taşqi savdo aylanmasi 2018 yilda 415 million dollar, 2019 yilda 603,9 million dollar, 2020 yilda esa 275,1 million dollarga teng bölgan. Ötgan yil davomida ikki örtadagi savdo aylanmasi hajmi 2019 yilga nisbatan ikki baravarga kamayib ketgan.

Özbekiston Kanadaga 2019 yilda 6,5 million dollarlik, 2020 yilda esa 142,1 million dollarlik mahsulotlar eksport qilgan. 2020 yilda eksport hajmi 2019 yilga nisbatan 21,9 baravarga oşgan.