Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Botken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev iştirokida ötkazilgan tadbirda ikki viloyatning turli sohalari rahbarlari, keng jamoatçilik vakillari va OAV xodimlari iştirok etişdi.


Bu hodisa 80 mingga yaqin kişi yaşaydigan anklav hududdagi söxliklar uçun muhim ahamiyatga egadir. Şu vaqtgaça viloyat markaziga keliş uçun 80 kilometr yöl bosib, Farğona tumanidagi «Vodil» bojxona çegara posti orqali qatnagan söxliklar endi 19 kilometrlik yöldan erkin foydalaniş imkoniga ega bölişdi.
Dastlab «Rişton» çegara postida karnay-surnay sadolari yangrab, ikki tomon vakillari bir-birlarini oçiq yuz bilan qarşi olişdi.
Marosimda söz olganlar tomonidan ikki davlat rahbarlarining taşabbuslari va amaliy harakatlari bilan Özbekiston va Qirğiziston örtasida aloqalar kengayib borayotgani, çegaraoldi hududlarning hamkorligi ham yangi bosqiçga kötarilayotgani ta'kidlandi va prezidentlarga minnatdorçilik izhor etildi.

«Bugun tarixiy sana. Ikki qöşni mamlakat aholisi azal-azaldan qon-qarindoş, ahil-ittifoq yaşab kelgan bölsa-da, Söx tumaniga Botken orqali ötadigan yölni oçiş masalasi qariyb 10 yildan buyon xalqlarimiz orzusi edi. Ikki davlat prezidentlari, hurmatli Şavkat Mirziyoyev hamda Sadir Japarovning Toşkent şahrida bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuvlarida erişilgan kelişuvlar ijrosining tez va qisqa muddatda guvohi bölib turibmiz», dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.



Tantanali tadbirlar Söx va Qirğizistonni boğlab turuvçi «Tul» («Etikçi») ötkaziş punktida ham davom etdi. Bu yerda ham tabrik va qutlovlar yangradi. Şu yerda Farğona va Botken viloyatlari rahbarlari bir-birlariga esdalik sovğalarini topşirdi.



















