Tomorqa xöjaligi şaxsiy yer uçastkalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini oila ehtiyojlari va erkin savdo uçun yetiştiradigan faoliyat turi bölib, tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi. Şuningdek, tomorqa xöjaligini davlat röyxatidan ötkaziş talab etilmaydi.
Qonunga köra, endilikda tomorqa xöjaligida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi şaxs aholi bandligi töğrisidagi qonunçilikda belgilangan tartibda özini özi band qilgan şaxs maqomini olişi mumkin.
Uşbu qonun bilan tomorqa xöjaliklarini yuritişni taşkil etiş va ularni rivojlantiriş sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
Tomorqa xöjaligidagi faoliyat şaxsiy tomorqa yer uçastkasi egasining va oila a'zolarining şaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Maydoni kamida 0,04 gektar bölgan şaxsiy tomorqa yer uçastkasida band bölgan yoki mazkur maydonda şoxli qoramol yoxud kamida ellik boş parranda boqayotgan şaxsiy tomorqa yer uçastkasining egasi yoki uning oila a'zolari ijtimoiy soliq tölaşi mumkin.
Bunda, şaxsiy tomorqa yer uçastkasining egasi yoki uning oila a'zolari ijtimoiy soliqni ixtiyoriy asosda tölaydi. Ijtimoiy soliqning belgilangan miqdorini tölaş mehnat stajini hisoblab çiqariş çoğida bir kalendar yili deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni tölaş tartibi Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
Tomorqa xöjaligini yuritişda tomorqa yer uçastkasida joylaşgan turar joy, işlab çiqariş, maişiy va boşqa binolar, şuningdek transport vositalari va qişloq xöjaligi texnikasi, aşyolar, asbob-uskunalar, qişloq xöjaligi hayvonlari, asalarilar, parrandalar, ipak qurti (pilla) va boşqa mol-mulkdan foydalanilişi mumkin.
Şuningdek, qonunda şaxsiy tomorqa yer uçastkasiga qanday yerlar kiritilişi aytilgan. Unga köra, şaxsiy tomorqa yer uçastkasi tomorqa xöjaligini yuritiş uçun qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş yoxud yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş maqsadida ajratilgan yer uçastkasi hisoblanadi.
Tomorqa xöjaligini yuritiş uçun:
- erkin savdo va oila ehtiyojlari uçun qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş maqsadida uşbu qonun kuçga kirguniga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi asosida qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlar, örmon fondi yerlari hamda aholi punktlari yerlaridan berilgan yer uçastkalaridan;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi asosida yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş uçun berilgan yer uçastkalaridan foydalanilişi mumkin.











