Davlat soliq qömitasi 8752ta korxonada QQSni noqonuniy hisobga oliş faktlari tasdiqlanganini ma'lum qildi.

Ma'lum bölişiça, 2021 yil 2 aprelga qadar 574ta «şubhali» korxona kontragentlari tomonidan 97 foiz holatda QQS summasini noqonuniy hisob (zaçyot)ga oliş fakti tasdiqlangan.

Şuningdek, qömita joriy yilning 1 mayiga qadar, uşbu korxonalar tomonidan asossiz hisobga olingan QQS summasi böyiça ixtiyoriy qayta hisobot topşirgan taqdirda mazkur korxonalar mansabdor şaxslari ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma'lum qildi.

«Kameral soliq tekşiruvlari natijasida kontragentlar xatolari tasdiğini topgan bölsa-da, tadbirkorlik sub'yektlari uzluksiz faoliyat körsatişlariga şaroit yaratiş maqsadida, kamçiliklarini tan olgan 540ta sub'yektga 65,5 mlrd sömlik budjetga tölanişi lozim summalarni joriy yil yakuniga qadar teng uluşlarda bölib-bölib tölaşlariga ruxsat berildi», deyiladi rasmiy xabarda.

Xabar qilinişiça, joriy yilning 2 aprel holatiga respublika böyiça jami 9 021ta korxonada 1 337,5 mlrd sömlik asossiz hisob (zaçyot)ga olingan qöşilgan qiymat soliği (QQS) summalariga aniqlik kiritiş böyiça kameral soliq tekşiruvlari yakunlangan.

Natijada:

  • 8 752ta, ya'ni 97 foiz korxonada (1 260,7 mlrd söm) «soxta» operatsiyalarni amalga oşiriş faktlari tasdiqlandi;
  • şundan, 100 ta, ya'ni 1,1 foiz (23,5 mlrd söm) taşkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zaçyot)ga oliş fakti qisman tasdiqlandi;
  • 269ta, ya'ni nazorat tadbirlari ötkazilgan 3 foiz soliq tölovçilar tomonidan 53,3 mlrd sömlik QQS summasini töğri hisob (zaçyot)ga olganlik holatlari böyiça asoslovçi hujjatlar taqdim etildi. Şu sababli ulardan ortiqça olingan mablağlarni qaytariş böyiça tezkor jarayonlar boşlandi.

 Mart oyida DSQ 1,2 trln sömdan ortiq QQSni noqonuniy hisobga oliş faktlari tasdiqlanganini ma'lum qilgandi.

Avvalroq «obnalçi»lar işi yuzasidan tadbirkorlar soliq organini sudga bergani va 19 mart kuni birinçi sud majlisi bölib ötgani xabar qilingan edi.

Eslatib ötamiz, «obnal işi» 2021 yil fevral oyida budjetga tölanmay kelingan 1 trillion sömga yaqin mablağni örniga qöyiş maqsadida röyxatga kiritilgan 396ta soliq tölovçi va ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorga talabnoma yuborilgaç, budjetga tölanmagan soliq tadbirkorlar böyniga ilingan paytdan