Kun.uz saytida “Uzbekistan Airways”ning yölovçilardan bagaj uçun alohida haq (örtaça 10 AQŞ dollari) undira boşlagani amaldagi qonunlarga zid tarzda amalga oşirilgani tanqid qilingan hamda bu masalaga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va uning huzuridagi Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligidan munosabat söralgan edi.

Şundan söng Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bu masala yuzasidan Kun.uz’ga munosabat taqdim etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Uzbekistan Airways” AJ kutilmagan tarzda yölovçilardan bagaj uçun alohida haq (örtaça 10 AQŞ dollari) undira boşlagani, kompaniya buni yangiça qoidaga ötiş deb baholayotgani, ammo bu qonunçilikka zid hisoblanişi töğrisidagi maqolalar keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, Kun.uz tomonidan e’lon qilingan maqolada kompaniyaning uşbu harakatlari qonunga zid bölib çiqayotgani, ya’ni “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi qonun 7-moddasining törtinçi qismiga binoan, yangi narx (tarif)lar tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan ular kuçga kirişidan kamida ön beş kun avval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinişi lozimligi ma’lum qilingan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining uşbu holat yuzasidan ma’lumot berişiça, qömita tegişli qaroriga asosan “Uzbekistan Airways” AJ Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub’yektlar davlat reyestriga kiritilgan.

“Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi qonun 7-moddasida qayd etilgan, jumladan yangi narx (tarif)lar tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan ular kuçga kirişidan kamida ön beş kun avval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilişi lozimligi töğrisidagi şart tabiiy monopoliya sub’yektlari uçun belgilangan bölib, “Uzbekistan Airways” AJ tabiiy monopoliya sub’yekti bölmagani sababli uşbu şart unga tatbiq etilmasligi aytiladi.

Havo kodeksining:

  • 98-moddasida yölovçi belgilangan tarif böyiça parvoz uçun, yuk taşuvçi belgilagan me’yordan ortiq qöl yuki bölgan taqdirda esa bunday qöl yuki uçun ham haq tölaş majburiyatini olişi;
  • 102-moddasida yölovçiga belgilangan me’yor doirasida bagaj va qöl yukini