Farğona tumanida milliy gvardiya harbiy xizmatçi S.Ş. 2 aprel kuni xizmat yuzasidan «Farğona-Vodil» yönalişida harakatlanib ketayotib, piyodalar ötiş uçun belgilanmagan joyda yölni kesib ötayotgan fuqaro B.N.ni urib yubordi.

Milliy gvardiya axborotiga köra, hodisadan söng xodim öz avtomaşinasida jabrlanuvçini RŞTYoIM Farğona şahar filialiga olib borgan. Jabrlanuvçi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi oçilganiça yöq. Farğona viloyati harbiy prokuraturasi tergov oldi harakatlarini olib bormoqda.

«UAZ Pikap» rusumli avtomaşina Milliy gvardiyaning Farğona viloyati boşqarmasiga tegişli. Maşina prokuratura ixtiyoriga topşirilgan.

Kun.uz manbasiga köra, Marhum 26 yoşda bölgan. Holat yuzasidan harbiy prokuratura Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatgan.