Mobiuz 16 ta tarif rejasida MB va daqiqalar hajmini oşirdi, şuningdek oylik Internet-töplamlar narxlarini pasaytirdi.

2020 yilning oktabr oyida mobil aloqa operatori (2021 yilning 31 martigaça) maxsus aksiyalar doirasida tarif rejalari, oylik Internet-töplamlar va OnNet opsiyalarini taqdim etiş şartlarini yanada qulay qilgan edi. Joriy yilning 1 aprelidan boşlab kompaniya uşbu qulayliklarni saqlab qoldi va ular doimiy tarzda bölişini e'lon qildi.

Xususan, Mobiuz oylik va yillik abonent töloviga ega 16 ta tarif rejasini yangiladi. Ular qatorida: Mobi turkumiga kiruvçi 8 ta tarif (Mobi 20, 30, 40, 50, 70, 90, 110, 150), 5 ta yillik Mobi tariflari, Internet uçun 2 ta tarif rejasi (Gap Yöq va Gap Yöq Pro), şuningdek, Omad Plus ijtimoiy tariflaridir.

Masalan, Mobi 90 tarif rejasi böyiça 65 000 MB, tarmoq içida çeksiz suhbat, Özbekiston böyiça qönğiroqlarga 3 500 daqiqa va xuddi şunça SMS-xabarlar taqdim etilmoqda. Uning abonent tölovi 90 ming söm. Gap Yöq Pro esa oyiga 75 ming sömga kunduzgi 35 000 MB, tungi 25 000 MB, 1 000 daqiqani öz içiga olgan.

Şu bilan birga Mobiuz barça oylik Internet-töplamlar narxlarini ham keskin arzonlaştirdi. Masalan, olti oy avval narxi 200 ming sömdan yuqori bölgan 50 000 MBlik töplam hozirda atigi 75 ming sömga taqdim etilmoqda.

Har oyda avtomatik ravişda belgilanadigan OnNet töplamlari narxlaridagi özgarişlar undanam sezilarli – ikkinçi oydan boşlab ular yanada arzonlaşadi. 50 000 MB birinçi oyda 75 ming sömni taşkil qilsa, ikkinçi oydan boşlab uning narxi 67.5 ming sömgaça tuşadi.

«Ötgan oylar davomida aksiyalarni doimiy ravişda ötkaziş böyiça abonentlardan köplab takliflar kelib tuşdi. Natijada, Mobiuz mahsulot va xizmatlarining hamyonbop narx-navolari endi vaqtinçalik aksiya emas, balki mobil aloqa operatorining doimiy taklifidir. Bu orqali biz yana bir bor ta'kidlamoqçimizki, xizmatlarimizdan foydalanuvçi abonentlarga mehr va e'tibor körsatiş biz uçun ustuvor ahamiyatga ega. Yil davomida va kelgusida bu yösindagi ijobiy özgarişlarni davom ettiramiz", – deb ta'kidladi Mobiuz'ning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Ayni paytda Mobiuz mobil aloqa operatori boşqa Internet mahsulot va xizmatlari narxlarini ham pasaytiriş ustida iş olib bormoqda. Hozirça aksiya körinişida bölgan va 23 maygaça davom etadigan faollik böyiça kunlik Internet-töplamlar va “Tungi DRIVE” tungi çeksiz Internet xizmati arzonlaştirildi.