Adliya vazirligi xabariga köra, 2021 yil 1 iyuldan şaxslarni profilaktik hisobga olişning elektron tizimi joriy etiladi.
“Xavfsiz ta'lim muassasasi” tamoyili asosida tuman, şahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000ta ştat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi hamda ular bevosita umumiy örta ta'lim muassasalarida xizmat ötaydi.
Şuningdek, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilar yaratiladi:
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma'lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlaştiriş asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlaşgan axborot tizimi;
Ichki ishlar vazirligining Ma'lumotlarni qayta işlaş yagona markazi.
Qaror bilan şuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
















