Uçraşuvda Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat majmuasi böyiça vaziri – kollegiya a'zosi A.Kamalyan, Belarus Respublikasi sanoat vaziri P.Parxomçik, Qirğiz Respublikasi energetika va sanoat vaziri K.Turdubayev, Tojikiston Respublikasi sanoat vaziri Ş. Kabirov, Qozoğiston Respublikasi industriya va infratizimni rivojlantiriş vaziri örinbosari A.Yerjanov, Ozarboyjon mudofaa sanoati vaziri örinbosari Mehman Baxişov iştirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturovga «Innoprom» sanoat haftaligini Özbekistonda ötkaziş taşabbusini ilgari surgani, boşqa delegatsiyalar rahbarlariga esa körgazma doirasidagi tadbirlardagi iştiroki uçun davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning samimiy minnatdorligi yetkazildi.

Umumiy maydoni 12,5 ming kvadrat metrni taşkil etgan körgazma maydonida dunyoning 20 mamlakatidan 300dan ortiq kompaniyaning mahsulot va xizmatlari namoyiş etilyapti. Anjuman dasturiga köra, 15ga yaqin keng qamrovli tadbir, 200dan ortiq biznes-uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan.

«Ta'kidlanganidek, prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan mamlakatimizni rivojlantiriş strategiyasiga muvofiq, Özbekiston keyingi yillarda MDH hududidagi an'anaviy işonçli savdo-iqtisodiy hamkorlarimiz hisoblangan barça davlatlar bilan hamkorlikni yanada kuçaytirdi. Mamlakatimiz YeOII faoliyatini, Yevroosiyo maydonidagi integratsion jarayonlarni kuzatib bormoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalar sur'ati sezilarli darajada ösdi. Uşbu körgazma bunga yaqqol misol böla oladi.

«Innoprom» doirasida imzolanadigan investitsiyaviy va savdo kelişuvlari barça şerik mamlakatlar manfaatini himoya qiladigan loyihalarni amalga oşiriş imkonini yaratadi», deyiladi ÖzA xabarida.