Joriy yilning 29-31 mart kunlari Özbekistonda koronavirusga qarşi vaksinalar böyiça «Yuksaliş» umummilliy harakati ötkazgan sörovda ovoz berganlarning 44 foizi emlanmoqçi emasligini belgilab javob bosgan.

Fikrimizça, bu katta raqam. Zero, gap oddiy vaziyat va mahalliy epidemiya haqida emas, dunyoning turli davlatlarida neçançidir tölqini kuzatilayotgan va sönggi 15 oyda dunyo böylab ikki million töqqiz yuz ming kişining yostiğini quritgan kasallik haqida ketyapti.

Nega bunday bölmoqda degan savolga javob topişga harakat qildik.

1. Odamlar ongidagi stereotip. Vaksinaning xavfsizligi va samaradorligiga şubha bilan qaraş azaldan bor. Hozir bu tuşunçani özgartirişning ayni vaqti. Avvalo xalqqa vaksinalar tarixi, ularning turlari va yaratilişi hamda işlab çiqarilişi haqida ma'lumot beriş kerak. Bu yölda Kun.uz jamoasi imkon darajasida ma'lumot berişga harakat qilib kelmoqda.

Afsuski, bu yetarli bölmagani körinib qoldi. Pandemiyani yengiş uçun jamoaviy immunitet hosil qilinişi kerakligi va buning uçun ommaviy emlaniş muhim ahamiyat kasb etişi haqida televideniye va boşqa ommaviy axborot vositalari hamda boşqa usullar orqali tarğibot işlari kengroq olib borilişi maqsadga muvofiq bölardi. TVda turli körsatuvlar, tok-şoular yo jonli efirlar uyuştirib, aholiga vaksina haqida ilmiy asosga va işonçli ma'lumotlarni yetkaziş hozir doimgidan ham dolzarbroq. Bu masalada Soğliqni saqlaş vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Innovatson rivojlaniş vazirligi faolroq bölişi talab etiladi.

2. Özbekistonga olib kelinayogan vaksinalar haqida yetarli ma'lumot berilmadi. Xususan, Yevropa va dunyoning turli nuqtalarida uning atrofida sodir bölgan noxuş hodisalar fonida JSST va GAVI taşkilotlarining COVAX kömak dasturi orqali keltirilgan AstraZeneca vaksinasi haqida deyarli gapirilmadi.

Respondentlarning 34 foizi Rossiyaning «Sputnik V», 8 foizi Xitoy–Özbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi va atigi 5 foizi Özbekistonga olib kelib bölingan AstraZeneca vaksinasi bilan emlanişga ovoz bergani yuqorida aytilganidek, bizda röyxatdan ötkazilgan vaksinalar alohida tarğibot va taşviqot işlariga muhtoj ekanini körsatadi.

Rossiya telekanallari va boşqa manbalar orqali juda köp ma'lumot berilgani, ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan «vaksina diplomatiyasi» olib borişga vosita deb baholanayotgan «Sputnik V» vaksinasining tarğibotiga qarang. Rossiya hukumati va hukumat qöllovidagi OAV «Sputnik V»ni qançalar maqtab, taşviq qilayotganiga töğri ma'noda faqat havas qilsa arziydi.

Umuman olganda, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi tarğiboti bilan mutasaddilar alohida şuğullanişlari kerakdek. Zero, aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qilişda asosiy preparat şu böladiganga öxşaydi. Har holda özbekistonlik olimlar hammuallifligida işlab çiqilgan va mahalliy korxona tomonidan işlab çiqarilişi kutilayotgan preparat. Ikkinçidan, aholining ziyoli qatlami orasida bu vaksinaga nisbatan biroz skeptik qaraş şakllangan. Çunki mas'ullar tomonidan faqatgina 3-faza sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan va JSST tasdiqlagan vaksinagina olib kelinişi haqidagi bayonotlarga zid ölaroq, 3-faza sinovlari endi boşlangan va JSST hali tasdiqlamagan vaksina xarid qilindi. Bu qaror neçoğliq töğri ekani va vaksinaning samaradorligi haqida tuşuntiriş berilişi zarur. Nega bu vaksina olib kelindi, uning xavfsizligi va samaradorligi qanaqa, umummilliy emlanişning neça foizi şu preparat bilan amalga oişirilişi közda tutilmoqda, bizda işlab çiqarişni böyniga olgan korxona haqida ma'lumot, işlab çiqaruvçi korxonadan reportaj va kerak bölsa, korxona rahbarlari bilan suhbatlar. Har holda gap odam içiga tuşadigan va katta va'dalar bilan olib kelinayotgan preparat haqida ketyapti.

3. Vaksinatsiya va immunizatsiya katta va muhim umumilliy tadbir. Unda har kim baholi qudrat öz hissasini qöşişi şart. Oddiy odamlarni biror narsaga işontiriş yo köndirişning eng samarali usullaridan biri maşhur va e'tiborli şaxslarning öşa narsa haqida gapirişi.

Jahonda yalpi vaksinatsiyani juda muvaffaqiyatli ötkazayotgan va jamoaviy immunitetga deyarli erişib bölgan davlatlar tutgan yöl tahlil qilinganda vaksina işlab çiqaruvçilari bilan töğri muzokara olib boriş, immunizatsiyani keng tarğib qiliş va boşqa omillardan taşqari amaldorlarning şaxsan özi vaksina olib xalqqa örnak bölişyapti. Jumladan, vaksinatsiya tadbirini a'lo darajada ötkazib, barçaga namuna bölayotgan Isroil va Birlaşgan Arab Amirliklari davlatlarida hukumat vakillari vaksina olib, bundan tarğibotning kuçli quroli sifatida foydalanişdi. Yaponiyaning Kumamoto şahri hokimi, aniqroği, meri Kazufumi Onişi esa, vaksinatsiya punktiga borib, şart-şaroitlar bilan tanişgan va emlaniş jarayonini örgangan hamda bu haqda Tvitterdagi hisobi orqali ma'lum qilgan. Fransiya soğliqni vaziri Olive Veran ham koronavirus vaksinasini olganini e'lon qildi. Yon qöşnimiz Qirğiz Respublikasi Soğliqni saqlaş va ijtimoiy rivojlaniş vaziri Alimqodir Beyşenaliyev ham vaksina olganini e'lon qildi.

Bizda esa, Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov va uning birinçi örinbosari Şahlo Turdiqulova ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2-faza sinovlarida özlarining oila a'zolari ham qatnaşayotganini aytganidan boşqa davlat arboblarining emlaniş borasida şaxsiy örnagini körganimiz yöq.

Özbekistonda vaksinatsiya endi boşlandi. 6 aprel holatiga köra yurtimizda 35 mingdan oşiq fuqaro emlangan. Bu borada boşqa davlatlarga nisbatan biroz ortda qolyapmiz, masalan, qöşni Qozoğistonda yalpi vaksinatsiya 1 fevralda boşlanib, şu vaqtgaça 110 mingdan ortiq aholi vaksina olgan. Rossiyada esa bu jarayon ötgan yilning 15 dekabrida boşlangan va hozirgi kungaça 7 milliondan ortiq odam emlangan.

Özbekiston aholisi 35 milliondan ortiq va immunizatsiya jarayoni ançagaça davom etişini hisobga olsak, aholi orasida tarğibot va taşviqot işlarini kuçaytiriş, bu borada mutasaddi va soha mutaxassislari bilan suhbatlar, savol-javoblar taşkil etiş (kerak bölsa televideniye va Youtube tarmoği orqali jonli efirlar uyuştiriş), OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tuşuntiriş işlarini olib boriş lozim va lobud. Ha, emlaniş ixtiyoriy bölişi kerak, biroq pandemiyaga barham beriş va jamoaviy immunitetga (bunda aholining kamida 70 foizi kasallikka qarşi immunitetga ega bölişi şart!) erişiş uçun odamlarga vaksinaning ahamiyati va foydalari tuşuntiriş, unga qarşi antipatiya va qörquvni yengişga yordam beriş va albatta şaxsiy namuna böliş muhim ahamiyat kasb etadi deb öylaymiz.

Şoakmal Isroilov