Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi yer maydonlaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan yerlarni 2021-2023 yillarda o‘zlashtirish va hududlarni eksportbop mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtirish va belgilangan eksportbop ekinlar ekilishini ta'minlash topshirildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan yerlarni 2021−2023 yillarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va talab etiladigan mablag‘lar hisob-kitobi;
- 2021 yilda qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari manzilli ro‘yxati;
- 2021 yilda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
- Qashqadaryo viloyati hududlarini 2021−2023 yillarda bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish ko‘rsatkichlari;
- Qashqadaryo viloyati hududlarini 2021−2022 yillarda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish ko‘rsatkichlari;
- Qashqadaryo viloyatining barcha turdagi xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish ko‘rsatkichlari.
2021 yil 1 mayga qadar har bir tumanda urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta'minlash imkoniyatidan kelib chiqib, sabzavot, poliz va kartoshka urug‘chiligiga hamda mevali va tok ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar tashkil etiladi.
2021 yil 1 iyunga qadar tumanlarda kamida 5tadan sertifikatlangan urug‘liklar va ko‘chatlar savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus ixtisoslashgan do‘konlar tashkil etiladi.
Markaziy bank va tijorat banklariga sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlari urug‘lari, mevali va tok ko‘chatlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi, klasterlar va kooperatsiyalar uchun kreditlar ajratish tavsiya etildi.
Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilib beradi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026