Sport | 12:50 / 06.04.2021
7919
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov va FIFA vakili futbolchilar uchun yangi tashkil etilayotgan o‘quv-mashg‘ulot bazasini ko‘zdan kechirdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda FIFA vakili Ander Vashkevich assotsiatsiya huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan o‘quv-mashg‘ulot bazasining qurilish rejasi bilan tanishdi.

Foto: Kun.uz

Hukumatning tegishli qarori bilan ushbu loyihaga ajratilgan Toshkent viloyatidagi 12 gektar yer maydoni ko‘zdan kechirilib, loyiha rejasi va chizmalari atroflicha o‘rganildi. FIFA vakili Ander Vashkevich 3 kun mobaynida Toshkent viloyatida bo‘lib, yangi o‘quv bazasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Loyihaga asosan tabiiy chimga ega 6ta va 1ta sun'iy qoplamali futbol maydoni, angar tipidagi futzal maydoni, 150 o‘rinli mehmonxona majmuasi, 700 kv.m. maydonga ega sport zallar, mini-futbol va sohil futboli bilan shug‘ullanish uchun bitta alohida maydon, 150 kishiga mo‘ljallangan restoran, 130 kishilik anjumanlar zali, shuningdek, kutubxona, muzey va dam olish maskanlari qurib bitkaziladi.

Bundan tashqari, hududda funksional diagnostika, sportchilarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markaz tashkil qilish va zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta'minlash maqsadida sport tibbiyoti markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid