Xöş, nega özbekistonliklar bu mullaga bunçalar ixlos qilmoqdalar?

Hammasi oddiy. Axborot asrida yaşayapmiz va kimnidir maşhur qiliş u qadar murakkab iş emas. Ayniqsa oğir darddan azob çekib, har bir çoraga najot sifatida qarovçilar hamma narsaga işonişadi. Axir bundan 10 kun oldin ham Özbekistonda bu tabib haqida heç kim heç narsa bilmasdi-ku.

Mulla Mahmud Hasanni Özbekistonga olib kelganlar juda oddiy va samarali usuldan foydalandilar, ya'ni axborot tarqatişga zör berdilar. Natijani özingiz körib turibsiz. Qiziği, mullaning ayrim seanslarini haqiqiy möjiza deb qarovçilar soni ortib bormoqda. Keling, ba'zi holatlarni örganamiz.

Quloği kar deyilgan bola mullaning oldiga olib kelinadi va göyoki bolaning quloği köpçilik oldida oçilib ketadi.

Keling, endi holatni tahlil qilib köraylik. Bolaning quloğida eşitiş moslamasi borligi körinib turibdi. Ma'lumki, bunday moslama karlarga emas, eşitişi zaif odamlarga taqiladi. Ya'ni bu apparat ovozni kuçaytirib beradi. Mulla Mahmud bu moslamani çiqitga çiqaryapti va uning quloği yonida baqiryapti. Bola eşityapti va qaytaryapti. Hamma hayratda!..

Ikkinçi holatda mulla Mahmud keksa ayolni yurgizib yuboradi va tez orada bozorlarni aylanib yurişini aytadi.

Ayolning öğlining sözlariga köra, onasining oyoqlarida quvvat yöq. Lekin ayol tik turibdi. Ma'lumki, yura olmaydigan odam tik turişi ham qiyin. Oyoqlar tanani tutib turibdimi, demak ozroq masofaga yuriş ham muammo emas.

Mullaning seansidan keyin ayol ixlos va işonç bilan bir neça qadam taşlaydi. Yana hamma hayratda!..

Eng qiziğiga e'tibor bering – mulla Mahmud olomonni sinçiklab kuzatyapti va bolalar tserebral falajligi bölgan bemorlarni sekin aylanib ötib ketyapti. Möjiza körsatuvçi karomat egasi birinçi navbatda ana şunday umidsiz bemorlarga yordam berişi kerak emasmidi?

Albatta, agar bu yurtdoşlarimiz çindan davo topgan, bola mukammal eşita boşlagan, onaxon bozorlarni keza olgan bölsalar, biz bundan faqat xursand bölamiz va tabibni olqişlaymiz.