Boş prokuratura huzuridagi departament va DXXning Andijon viloyat boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida fuqaro boşqa bir fuqaroning işonçiga kirib, uning xalq ta'limi tizimida işlovçi tanişlarini attestatsiyadan ötkaziş, ikki nafar tanişini maktab direktori lavozimiga hamda dugonasini maktab direktori örinbosari lavozimiga tayinlaş masalasini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali ijobiy hal qilib beriş evaziga 8 400 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Fuqaro aybiga töliq iqror bölib, olgan pullarining bir qismini Andijon şahar xalq ta'limi bölimi boşliğiga berişi kerakligini ma'lum qilgan.
Andijon şahar xalq ta'limi bölimi boşliği fuqarodan yuqorida qayd etilgan masalalarni ijobiy hal qilib beriş evaziga 900 AQŞ dollarini pora tarzida olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar xalq ta'limi bölimi boşliğiga Jinoyat kodeksining 210 -moddasi, fuqaroga nisbatan esa 168-moddasi va 28-, 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Jizzax şahar xalq ta'limi bölimi mas'uli 1 500 dollar pora olayotganda uşlangandi.











