AQŞ prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Falastinga 150 mln dollarlik yordam paketini taqdim etmoqçi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
AQŞning avvalgi prezidenti Donald Tramp Falastinga yordam berişni töxtatib qöygandi. Amerikaning hozirgi hukumati uning bu qarorini bekor qiliş niyatida.
Xabarda aytilişiça, davlat departamenti çorşanba kuni BMTning Yaqin Şarqdagi agentligi orqali falastinliklarga 150 mln dollar miqdorida yordam taqdim etilişi haqida e'lon qilişi kutilmoqda.
Avvalroq AQŞning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild Qöşma Ştatlar Falastinga 15 mln dollar miqdorida insonparvarlik yordami jönatişini ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, bu mablağ koronavirusdan davolanayotgan bemorlar yotgan şifoxonalar, qaşşoq oilalar hamda oziq-ovqat dasturlarini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.












