Özbekistondan Xitoyga quritilgan olxörini eksport qiliş böyiça fitosanitariya talablari va nazorati töğrisida bayonnoma imzolandi.

Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda «Özdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Oçilova ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, eksportyorlar uçun quyidagi talablar qöyilmoqda:

  • olxörilar Xitoy tomoni talablariga muvofiq quritilgan, toza, gigiyenik, havo ötkazadigan va yangi qadoqlaş materiallariga qadoqlangan bölişi;
  • har bir qadoqda ingliz yoki xitoy tilida maxsus yozuvi, mahsulot nomi va işlab çiqarilgan joyi, qayta işlaş va saqlaş korxonasining nomi yoki uni röyxatdan ötkaziş raqami, ingliz tilidagi identifikatsion ma'lumotlar qayd etilgan bölişi;  
  • Özbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan quritilgan olxörida Xitoy tomoni uçun xavotirli bölgan zararkunandalar, tuproq va ötlar, ösimlik qoldiqlari, şağal, metall, begona jismlar va boşqa aralaşmalar bölmasligi;
  • mahsulotni yuklaşdan oldin özbek tomoni Xitoyga eksport qilinadigan olxörini nazorat va karantindan ötkazişi hamda bayonnoma talablariga javob beradigan har bir partiya uçun fitosanitariya sertifikatini berişi;
  • Xitoy tomoniga import jarayonida tekşiriş uçun fitosanitariya sertifikatining asl namunasi, funigatsiya hamda fitosanitariya sertifikatini beradigan xodimlarning röyxati, ularning imzolari va sertifikat ştampi nusxalarini taqdim etişi;
  • ma'lumotlar özgargan hollarda Xitoy tomonini kamida bir oy oldin yozma ravişda xabardor qilişi;
  • mahsulot mamlakatdan çiqarilişidan oldin Xitoyga eksport qilinadigan quritilgan olxöri yukining 2 foizini tekşiruvdan ötkazişi kerak.

«Xitoy tomoni uçun xavotirli bölgan zararkunandalar topilsa yoki sifat xavfsizligi talablariga javob bermasa, mahsulotni Xitoyga eksport qilişga yöl qöyilmaydi.

Agar quritilgan olxöri röyxatga olinmagan işlab çiqariş, qayta işlab çiqariş, saqlaş korxonalaridan kelganligi aniqlansa, mahsulot Xitoyga kiritilişiga yöl qöyilmaydi.

Quritilgan olxöridan Xitoy tomoni uçun xavotirli bölgan karantin zararkunandalari aniqlansa, mahsulot partiyalari qaytariladi, yöq qilinadi yoki zararsizlantiriş uçun qayta işlovdan ötkaziladi», dedi Durdona Oçilova.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytda özbek tadbirkorlari 52ta davlatga barça turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini fitosanitariya sertifikatlari asosida eksport qiliş imkoniyatiga ega.