«Kitobxonlik haftaligi» dasturidan örin olgan tadbirlar doirasida 30dan ortiq yetakçi naşriyotda sönggi yillarda çop etilgan 100ga yaqin kitob taqdimotlari ötkazilmoqda.

Şuningdek, haftalik doirasidan Alişer Navoiyning 580 yilligi, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi, Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimovning 80 yilligi hamda özbek estrada san'atining asosçisi Botir Zokirovning 85 yilligiga bağişlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar ham örin olgan.

«Ertaga yakunlanadigan uşbu haftalikka naşriyotlarning öquvçilar oldidagi hisoboti deb qaraş ham mumkin», – deydi AOKA boş mutaxassisi Muhiddin Omonov.

Uning qöşimça qilişiça, ötkazilayotgan taqdimotlar, yozuvçi, şoir va turli soha olimlari bilan uçraşuvlar yoş kitobxonlarda katta taassurot qoldirmoqda.

«Taqdimotlarda tibbiyot, iqtisod, biznes va bolalar adabiyotiga oid yangi naşr qilingan önlab kitoblarimiz bilan qatnaşyapmiz. Jumladan, bugun ham «eBook» kitob platformasi, biznesga va tarixiy dalillarga asoslangan kitoblarimizning taqdimotini ötkazdik», – deydi Zamin naşri rahbari Abduraşid Ğofurov.

Ma'lumot uçun, «Kitobxonlik haftaligi» AOKA, Yozuvçilar uyuşmasi, Oliy va örta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklari tomonidan taşkil etilgan.