Ma'lum bölişiça, köp qavatli uylar orasida 15-20ta daraxt qolgan bölib, şundan 8tasini kesmoqçi bölişgan. 2ta daraxtni yiqitişgan va norozi bölgan aholiga quyidagi hujjatni körsatişgan.

Hujjatda hududdagi 20ta daraxtdan 16 tupi zararlangan quriş holatida deb körsatilgan.

Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmati ma'lumotlariga köra, uşbu hujjat daraxt kesiş uçun asos böla olmaydi. Daraxtlar zararlangan deb topilgan holatda ham Çirçiq şahar hokimligi tomonidan imzolangan ruxsatnoma taqdim etilsagina kesişga ruxsat beriladi. Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrda qabul qilingan 290-sonli qarorida ma'lumot berilgan.

Kun.uz muxbiri şunday ruxsatnoma haqida ma'lumot oliş maqsadida Çirçiq şahar hokimligiga qilgan qönğiroqlar javobsiz qoldi.

  • Eslatib ötamiz, yaqinda Toşkent viloyatiga amalga oşirilgan taşrifda davlat rahbari Çirçiqdagi ahvoldan taşvişda ekanligini bildirgan edi.
  • Ma'lumot uçun, Özbekistonda davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriy 2021 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgan.
  • Noqonuniy daraxt kesilişi haqida xabar bergan fuqarolarga pul tölanişi haqidagi taklif tez orada qonunçilikka kiritilişi kutilayotgani aytilgan edi.
  • 2020 yilning özida Toşkent viloyatida daraxtlar noqonuniy kesilişi oqibatida tabiatga 1,1 milliard söm zarar yetkazilgan.