Masjid oçilişida turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov onlayn tarzda nutq sözlab, Indoneziya musulmonlari tomonidan uluğ muhaddis Imom al-Buxoriy nomiga masjid barpo qilinişi ikki xalq örtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlaşini e'tirof etdi. Masjid oçilişida Özbekistonning Indoneziyadagi elçisi Uluğbek Röziqulov tabrik sözi bilan iştirok etdi hamda masjid uçun esdalik sovğalari hadya qildi.

Masjid Özbekistonda mavjud arxitektura yeçimlari asosida barpo etildi. Masjid naqşlari Şohizinda ziyoratgohidan andoza olingan bölsa, ğiştlarini terişda Buxorodagi Poyi Kalon masjidiga öxşaş tarzda yondaşilgan. Masjidning old tarafida Hazrati Imom (Hastimom) masjidida mavjud minoralar kabi ikki minora qad rostlagan.

Qayd etilişiça, uşbu masjid oçilişi Özbekiston prezidentining «Içki va ziyorat turizmini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni doirasida Indoneziyada Özbekistonning boy islomiy merosini tarğib qilişga xizmat qilişi mumkin.














