Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xöjaligi rahbarining öğli otasi tasarrufida bölgan yer maydonidan bir qismini sotayotgan paytda uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tuman bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, şu tumanda yaşovçi fuqaro A.E. otasi rahbarlik qiladigan «O.S.» fermer xöjaligiga tegişli bölgan 1,2 gektar yer maydonini sotayotganda uşlangan.
Qayd etilişiça, u fuqaro U.S.ning işonçiga kirib, yerni uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 14 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Surxondaryoda kanalning muhofaza maydonidagi yerni 75 million sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

















