Dilşoda Dadajonova 1949 yilda Andijon tumanida xizmatçi oilasida tuğilgan. 1971 yilda Kuban davlat universitetining siyosatşunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1971 yilda Pop tumanidagi 7-maktabda öqituvçi sifatida boşlagan. 1974–1983 yillarda tuman partiya qömitasi yöriqçilikdan to viloyat yoşlar taşkiloti rahbarligigaça bölgan yölni bosib ötgan.

1983–1985 yillarda Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida tahsil oldi. 1985–1987 yillarda Özbekiston yoşlar taşkilotiga rahbarlik qilgan.

1987–1998 yillarda Namangan viloyat hokimining örinbosari sifatida faoliyat körsatdi. 1998–2011 yillarda Namangan viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği vazifasida işlagan.

Dilşoda Dadajonova vafotiga qadar Pop tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining örinbosari lavozimida işlab kelgan.

U «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi» unvoni, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan edi.

«Atoqli jamoat arbobi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Dilşoda Dadajonovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi», deyiladi Namangan viloyati hokimligining ta'ziyasida.