«Özbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida «Amu sohili kuyçisi» nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda «Özbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur film yetuk şoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asosçisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qarğaboy öğli haqida. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga taşrifi davomida berilgan topşiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. «Xalq yuragi» nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. 

Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov. 

Filmning suratga oliş işlari Bözatau tumanidagi Berdaq boğida, Qoraqalpoq davlat universiteti va Berdaq muzeyida bölib ötmoqda.